Bugun 9 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Bahraynda yirik neftni qayta ishlash zavodi yonib ketdi

Bahraynda yirik neftni qayta ishlash zavodi yonib ketdi

Ma’lum qilinishicha, kuchli yong‘in Al-Maamirdagi Bahrain Petroleum Company (Varso) davlat kompaniyasiga tegishli eng yirik neftni qayta ishlash zavodida sodir bo‘lgan.

The Times of Israel xabariga ko‘ra, Bapco kompaniyasi fors-major holatini e’lon qildi, bu esa zavodning yonilg‘i yetkazib berishni to‘xtatishidan dalolat beradi.

Bapco bayonotida kompaniya faoliyatiga Yaqin Sharqda davom etayotgan mintaqaviy mojaro va uning neftni qayta ishlash majmuasi yaqiniga qilingan hujum ta’sir ko‘rsatgani keltirilgan. Kompaniya yonilg‘iga nisbatan mamlakat ichidagi talab qondirilishini ta’kidlagan.

“Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q, yetkazilgan zarar miqdori aniqlashtirilmoqda. Yong‘inga Eronning navbatdagi zarbasi sabab bo‘lgan”, — deb xabar bermoqda Bahrayn agentliklari.

Kiritildi: Bugun 16:00. O'qildi: 603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!