Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Somali hukumati O‘zbekistonga ilk marta o‘z elchisini jo‘natdi

Somali hukumati O‘zbekistonga ilk marta o‘z elchisini jo‘natdi

Somali Federativ Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi elchisi tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

TIV rahbarining yozishicha, bugun, 27 noyabr kuni Fatxudin Ali Mohamed Somalining O‘zbekistondagi birinchi elchisi sifatida ishonch yorliqlarini topshirgan.

«Elchining muhim diplomatik missiyasida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz hamda samarali va natijaga yo‘naltirilgan hamkorlikni birgalikda rivojlantiramiz», – deydi Baxtiyor Saidov.

Qayd etilishicha, tadbir davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga sodiqlik bildirilgan.

Kiritildi: 13:46 27.11.2025. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!