Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev lavozimidan ozod qilindi

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev lavozimidan ozod qilindi

Davlatimiz rahbari mavzuni davom ettirar ekan, Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi tomonidan “Chorsu” bozorida to‘lov intizomi joyiga qo‘yilmagani, “Malika” savdo kompleksida esa ahvol bundan ham ayanchli ekanini ko‘rsatib o‘tdi.

Kompleksda 1,5 mingga yaqin tadbirkor faoliyat yuritsa-da, ularning faqat to‘rtdan biri ro‘yxatdan o‘tgan, 25 foizi oyiga 1 million so‘m ham soliq to‘lamayapti. Shuningdek, dekabr oyida plastik kartalar orqali yechib olingan 600 milliard so‘mlik savdo tushumi yashirilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi byudjet rejasini yaxshi ishlayotgan tadbirkorlarga ortiqcha to‘lov qildirish hisobidan bajarmoqda. Jumladan, 46,4 ming korxonadan 876 milliard so‘m ortiqcha to‘lov undirilgan.

Soliq qo‘mitasida qo‘shilgan qiymat solig‘idan sun’iy ortiqcha to‘lov hosil qilish orqali uni byudjetdan noqonuniy qoplash holatlari ko‘paygan. O‘tgan yilda mazkur soliqni noqonuniy qaytarish bo‘yicha 20 nafar soliq xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu yo‘nalishga javobgar bo‘lgan, yetti yildan beri ishlab kelayotgan qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevning loqaydligi va mas’uliyatsizligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda M.Mirzayev ishdan olindi.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!