Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Haj va Umra ziyoratiga boruvchilar uchun yangi qaror qabul qilindi

Haj va Umra ziyoratiga boruvchilar uchun yangi qaror qabul qilindi

«Haj» va «Umra»ga borish uchun endi yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilandi.

«Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish tizimini raqamlashtirish va takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (2026 yil 24 yanvar. 27-son) qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjat bilan respublikamizda «Haj va Umra yagona portali» ishga tushirildi. Endilikda muqaddas ziyoratga borish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ushbu portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilandi.

Qarorga muvofiq, yangi tartib quyidagi muddatlardan boshlab kuchga kiradi:

➖2026 yil 1 fevraldan boshlab — «Haj» tadbiriga;

➖2026 yil 1 maydan boshlab — «Umra» tadbiriga borish uchun portalda ro‘yxatdan o‘tish shart.

Ziyoratchilar haqidagi ma’lumotlar portalga kiritilmasdan turib safarlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kiritildi: Bugun 11:32. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!