Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Soliq hisoboti shakllariga o‘zgartirishlar kiritildi

Soliq hisoboti shakllariga o‘zgartirishlar kiritildi

Adliya vazirligi Soliq hisoboti shakllariga o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Ushbu hujjatda ayrim qonunchilik hujjatlari qabul qilinganligi munosabati bilan soliq hisoboti shakllarini to‘ldirish bilan bog‘liq bir qator yangiliklar belgilandi.

Yillik aylanmasi 1 mlrd so‘mgacha YATTlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanganligi bois, bu bo‘yicha hisobotning soddalashtirilgan shakli joriy qilinmoqda.

Tadbirkorlar tomonidan umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasi realizasiya qilishdan olingan foyda uchun nol soliq stavkasi qo‘llanishi bois, soliq hisobotlarida ushbu masala kiritilmoqda.

Xalq deputatlari kengashlari ijara to‘lovining eng kam stavkalariga nisbatan tumanlar va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga qarab 2,0 gacha oshiruvchi koeffisiyentni joriy etishga haqli ekanligidan kelib chiqib, jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk ijarasi uchun stavkani to‘ldirish bekor qilinmoqda.

Mazkur hujjat 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Kiritildi: 12:02 27.11.2025. O'qildi: 885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!