Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Sog‘liqni saqlash vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi

A A A
Sog‘liqni saqlash vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Nadirxanova Natalya Suratovna Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibasi, tibbiyot fanlari doktori N. Nadirxanova 1993 yil Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Buxoro shahar markaziy shifoxonasi tug‘uruq bo‘limida shifokor sifatida boshlagan.

U turli yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali shoshilinch ginekologiya bo‘limi mudiri, Buxoro viloyat perinatal markazi direktori hamda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori, direktori kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Ma’lumot o‘rnida davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Aholi reproduktiv salomatligi markazi hamda Ona va bola skrining markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilgan edi. (https://telegra.ph/file/9bbdfc06d6773c9d5fe6d.png)

Kiritildi: 10:19 01.02.2024. O'qildi: 1397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!