Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Sog‘liq uchun 10 ming qadam yurish shart emas!

Sog‘liq uchun 10 ming qadam yurish shart emas!

Salomatlik uchun muhim foyda olish uchun qadamlar sonini kuniga 10 000 tagaga yetkazish shart emas. Sidney universiteti professori Melodi Ding boshchiligidagi xalqaro olimlar guruhi shunday xulosaga keldi. Toahlil shuni ko‘rsatdiki, kuniga 7000 qadam yurish ham 10 000 ta qadam bilan deyarli bir xil natijalar beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, kuniga 7000 qadam yurish bevaqt o‘lim xavfini deyarli 47 foizga, demans ehtimolini esa 38 foizga kamaytiradi. 7000 dan 10 000 qadamgacha o‘tish faqat bir oz yaxshilanishni qo‘shadi. Shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklari, 2-toifa diabet va depressiya xavfining pasayishi qayd etilgan.

Mualliflarning fikriga ko‘ra, bu natijalar 10 000 qadamga erishish qiyin bo‘lganlar uchun yanada real va erishish mumkin bo‘lgan maqsadni beradi. Faoliyatning ozgina o‘sishi - masalan, 2000 dan 4000 qadamgacha - salomatlikni sezilarli darajada yaxshilaydi. Ya’ni, gap aniq raqamda emas, harakatdan to‘xtamasangiz bas.

Kiritildi: 05:27 25.07.2025. O'qildi: 905 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!