Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Sobiq MXX polkovnigi Nodir To‘raqo‘lovdan jabr ko‘rgan fuqaroning mulki o‘ziga qaytarildi

Sobiq MXX polkovnigi Nodir To‘raqo‘lovdan jabr ko‘rgan fuqaroning mulki o‘ziga qaytarildi

Surxondaryo viloyat sudining hukmiga ko‘ra sudlangan, Termiz shahridagi “Tarmita-savdo” xususiy korxonasi rahbari bo‘lib ishlagan O‘zbekiston Respublikasi JKning 244-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan sudlangan U.A sobiq Surxondaryo viloyati MXX boshqarmasi Tergov bo‘limi sobiq rahbari Nodir To‘raqulov ishida tergovga jalb etildi.

Nodir To‘raqulov nazoratida bo‘lgan va unga nisbatan yuritilgan jinoyat ishida A.U ga tegishli bo‘lgan 2009 yilda ishlab chiqarilgan “Lasetti” rusumli 75 207 SAA davlat belgili avtomashina davlat egaligiga o‘tkazilgan bo‘lgan.

Sudning hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi MXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda olingan operativ ma’lumotlar asosida Termiz shahri yashovchi fuqaro A.U.ning turar joyi va yordamchi xo‘jaliklari kechiktirib bo‘lmaydigan holatda ko‘zdan kechirilgan.

Ko‘zdan kechirish davomida fuqaro A.Uning yashash uyidan 64 dona DVD va CD formatdagi disklar, 23 dona ustiga “Nosoz” deb yozilgan disklar, 8 dona videokassetalar, “Qur’on va sahih sunnatga binoan Islom aqidasi”, “Kak sovershil molitvu prorok” nomli adabiyotlar, ustiga “NOD-32”, “Xolislik sari”, “Turli mavzu”, “Umra ziyorati”, “Disk №1”, “Disk №2” deb yozilgan kompyuter disklarining borligi aniqlanib, kelgusida tekshirib ko‘rishlik uchun olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan sud-adabiyotshunoslik ekspertizasining MA293-sonli xulosasiga ko‘ra, A.Udan olingan ustiga shartli ravishda “Disk №2” deb yozilgan diskdagi “Muvahhid” nomli papkadagi ma’lumotlar hamda “1.rar”, “Mujohid kitobi.rar” va “Dailymotion – Abdullah Fatih – une video Expression Libre.flv” nomli fayllardagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitusiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga, O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini Konstitusiyaga xilof tarzda buzishga xizmat qilishi bu disklardagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish taqiqlangan ekanligi aniqlangan.

Birinchi bosqich sudi asossiz ravishda A.Uga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinani jinoyat quroli deb topgan va avtomashina davlat foydasiga o‘tkazilgan.

“Jahon.uz” internet nashrining ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, A.U birinchi bosqich sudi va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan sobiq MXX Surxondaryo viloyat boshqarmasi tergov bo‘limi boshlig‘i N.To‘raqulov va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov jarayonidagi ko‘rsatuvlarida “Lasetti” rusumli 75 207 SAA davlat belgili avtomashina “Taramada-savdo” xususiy korxonasining balansida bo‘lganligi, avtomashinani pul ko‘chirish yo‘li bilan olganligini bayon qilgan.

Bundan tashqari, suroq qilingan R.Gaziyev ko‘rsatuvlarida “Lasetti” rusumli 75 207 SAA davlat belgili avtomashinani MXX Surxondaryo viloyat boshqarmasi tergov bo‘limi boshlig‘i N.To‘raqulovning topshirig‘iga asosida arzon narxlarda baholab berganligi, aslida ushbu avtomashina narxi yuqori bo‘lganligini bayon qilgan.

Sudlov hay’ati, birinchi bosqich sudi tomonidan sudlanuvchi A.Uga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli 75 207 SAA rusumli avtomashinani asossiz ravishda davlat foydasiga o‘tkazish belgilanganligi sababli sud hukmining avtomashinani davlat fodasiga o‘tkazish qismini o‘zgartirib, ushbu avtomashinani sudlanuvchi A.Uga qaytarishni, ijrosini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi va Surxondaryo viloyati IIB YHXB zimmalariga yuklashlikni lozim topdi.

Kiritildi: 16:26 07.06.2019. O'qildi: 4711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!