Bugun 8 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Soatiga 130 km tezlik: Ostonada havo taksisi tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

Soatiga 130 km tezlik: Ostonada havo taksisi tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

Ostona shahrida uchuvchisiz boshqariladigan birinchi yo‘lovchi havo taksisining sinov parvozi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston Fuqaro aviasiyasi qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan EH216-S rusumli havo vositasi soatiga 130 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi. Uning bir martalik parvoz masofasi 35 kilometrni tashkil etadi.

Ma’lum qilinishicha, avtonom qurilmaning ilk yo‘lovchisi mamlakat transport vaziri Nurlan Sauranbayev bo‘ldi.

"Dastlabki bosqichda 5 daqiqadan 30 daqiqagacha davom etadigan namoyish parvozlari amalga oshiriladi. So‘ng ushbu loyiha shaharning to‘laqonli transport tizimiga integrasiya qilinadi", — deyiladi rasmiy axborotda.

Kiritildi: 10:53 07.08.2026. O'qildi: 544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!