Jurnalistlar bilan suhbatda Slovakiya bosh varizi Fiso Rossiyaning muzlatilgan 140 milliard yevrolik aktivlarini qayta qurish yoki Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun ishlatish mavzusiga to‘xtalib o‘tdi. Slovakiya hukumati rahbari ushbu aktivlardan Kiyev uchun mudofaa uskunalari uchun foydalanish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamadi.
"Agar biz 140 milliard yevroni qurol-yarog‘ va harbiy xarajatlarga sarflasak, u hech qachon qoplanmaydi, degan xulosaga kelsak kerak. Slovakiya harbiy xarajatlarda ishtirok eta olmaydi", - dedi u.