Interfaks agentligining yozishicha, Slovakiya Bosh vaziri o‘rinbosari Tomash Taraba mamlakat Ozarboyjondan uzoq muddatli gaz yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda asosiy masala siyosiy xohishda emas, balki ushbu energiya resurslarini qaysi quvurlar orqali va qanday hajmda Markaziy Yevropaga yetkazib berish ustida ketmoqda.
Evropa Ittifoqining Rossiya tabiiy gazi importini bosqichma-bosqich to‘xtatish haqidagi yangi reglamenti sababli, Slovakiyaning eng yirik "SPP" kompaniyasi hamyonbop narxlarda gaz yetkazib bera oladigan yangi hamkorlarni izlayapti.
Ma’lumot uchun, Ozarboyjonning "SOCAR" davlat kompaniyasi 2024 yil oxiridan buyon Slovakiyaga tajriba-sinov loyihasi doirasida qisqa muddatli gaz yetkazib berishni boshlagan edi va bu tajriba muvaffaqiyatli deb topildi. Ayni paytda Ozarboyjon dunyoning 16 ta davlatiga, jumladan Yevropaning 13 ta mamlakatiga (Italiya, Germaniya, Vengriya va boshqalar) gaz eksport qilmoqda, deyiladi xabarda.