Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Slovakiya bosh vaziri: "Ukrainaning NATOga qo‘shilishi uchinchi jahon urushiga tahdid soladi"

A A A
Slovakiya bosh vaziri: "Ukrainaning NATOga qo‘shilishi uchinchi jahon urushiga tahdid soladi"

Ukrainaning Shimoliy Atlantika ittifoqiga kirishi uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso ma’lum qildi.

"Ukrainani NATOga qabul qilish uchinchi jahon urushi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi" - dedi Fiso.

Siyosatchi Yevropa Ittifoqi va NATOdagi hamkorlarini tanqid qilish huquqini o‘zida saqlab qolishini qo‘shimcha qildi.

Slovakiya Bosh vaziri, shuningdek, Yevropa Ittifoqi hozirda mamlakatlar suverenitetini, masalan, ma’lum qadriyatlarni ilgari surish va ta’lim tizimiga aralashish orqali cheklashga urinayotganini aytdi. Fisoning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa hozirda "birinchi navbatda gender o‘zgarishi bilan bog‘liq".

Kiritildi: 18:36 21.01.2025. O'qildi: 1188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!