Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Sizda shu xastaliklar bormi? Unda bu mevadan yemaganingiz ma’qul!

Sizda shu xastaliklar bormi? Unda bu mevadan yemaganingiz ma’qul!

Oshqozon-ichak yo‘li, gastrit, me’da kislotasi oshishishi xastaligidan aziyat chekuvchilar ehtiyotkorlik bilan mandarin iste’mol qilishlari darkor. Bu haqda parhezshunos shifokor Yelena Solomatina “Vechernyaya Moskva” gazetasiga ma’lum qildi.

Shifokor aytib o‘tilgan kasalliklardan tashqari mandarinni och qoringa yeyish kerak emasligini tushuntirdi. Qolaversa, yaltiroq mevaning po‘stini qaynatmagan ma’qul, chunki ular kimyoviy vositalar bilan ishlangan bo‘lishlari mumkin va bu sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

“Shuningdek, mandarin sharbatini ichmasdan, uni butunligicha iste’mol qilish yaxshiroq”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Shifokor mandarinni iste’mol qilish mumkinligi va zarurligini ta’kidladi. Chunki sitrus mevasi tarkibida katta miqdordagi vitamin, mikro va makroelement hamda antioksidantlar mavjud. Mandarinni kuz-qish davrida, ya’ni virusli kasalliklar avj olgan vaqtda yeyish o‘ta foydali.

Bir kunda ikki yoki uch dona mandarin yeyish o‘rtacha xavfsiz sanaladi. Biroq bu inson sog‘ligiga va iste’mol qilayotgan shakar miqdoriga bog‘liq.

Kiritildi: 21:31 09.11.2019. O'qildi: 4423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!