Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Hindiston AQSh sanksiyalari tasdiqlanganidan so‘ng chora ko‘rishini ma’lum qildi

Hindiston AQSh sanksiyalari tasdiqlanganidan so‘ng chora ko‘rishini ma’lum qildi

Hindiston Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi AQSh Kongressi tomonidan ma’qullanganidan so‘ng o‘zining savdo va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishini ma’lum qildi. Bu haqda Hindiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ta’kidlashicha, Hindiston 1,4 milliard aholining energetik xavfsizligini ta’minlashda davom etadi. Bunda energiya ta’minotini diversifikasiya qilish va jahon bozoridagi vaziyat hisobga olinadi.

Yangi cheklovlarning ehtimoliy oqibatlari so‘nggi oylarda Nyu-Dehli va Vashington o‘rtasida yuqori darajada muhokama qilingan.

17 sentyabr kuni AQSh Vakillar palatasi Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni nazarda tutuvchi Lindsey O. Graham Sanctioning Russia and Iran Act of 2026 qonun loyihasini 262 ovoz bilan 159 ovozga qarshi ma’qulladi. Hujjat avvalroq Senat tomonidan ham qabul qilingan va endi imzolash uchun prezident Donald Trampga yuborilgan.

Qonun loyihasini iyul oyida vafot etgan respublikachi senator Lindsi Grem ilgari surgan edi.

Hujjat Rossiya energetika resurslarining yirik xaridorlariga nisbatan ikkilamchi savdo cheklovlarini joriy etish imkonini beradi. Xususan, Rossiya nefti yoki gazini xarid qiladigan mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga 100 foizgacha boj joriy etilishi mumkin.

Hindiston esa Rossiya neftining eng yirik xaridorlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 10:58 18.09.2026. O'qildi: 983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!