Budapesht Kiyevdan Vengriya hududi orqali olib o‘tilayotgan mablag‘lar mamlakat ichida kimlarga sarflanayotganini tushuntirishni talab qilmoqda. Bu haqda Ukrainaning Budapeshtdagi elchixonasi oldida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishida Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qildi.
"Bizga ayting, bu pullar shunchaki Vengriya orqali o‘tib ketyaptimi yoki ba’zida shu yerda qolyaptimi, ularni kim va kimning manfaatlari yo‘lida sarflayapti. Biz bularning barchasi bo‘yicha zudlik bilan tushuntirish berishni talab qilamiz", — deya "RIA Novosti" uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi.