Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Sirdaryoda qarzdorlik evaziga g‘isht zavodi xatlandi

Sirdaryoda qarzdorlik evaziga g‘isht zavodi xatlandi

Yurtimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida banklar tomonidan imtiyozli kreditlar taqdim etib kelinmoqda.

Biroq berilgan imkoniyatdan oqilona foydalanmay, o‘z vaqtida kredit pullari so‘ndirmaslik holatlari ham uchrab turibdi.

Misol uchun, Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining 11.11.2024 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdorlar “M.Q.Sirdaryo” MCHJdan undiruvchi AT “Mikrokreditbank” foydasiga 1 mlrd. 744 mln. so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyat boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish sho‘’basi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.

Ixtiyoriy muddatda qarzdorlik to‘lanmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorga tegishli, Sayxunobod tumani, Paxtakor mahallasida joylashgan, bahosi 2 mlrd. 950 mln. so‘m bo‘lgan g‘isht zavodi xatlangan va auksion savdosiga chiqarilgan.

Natijada, qarzdor tomonidan 1 mlrd. 744 mln. so‘m kredit qarzi hamda qarzdorlik sabab yuzaga kelgan 34,9 mln. so‘m ijro yig‘imi mablag‘i to‘liq to‘lab berilgan.

Kiritildi: Bugun 01:28. O'qildi: 630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!