Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Sirdaryoda qalbaki 20 ming AQSh dollari musodara qilindi

Sirdaryoda qalbaki 20 ming AQSh dollari musodara qilindi

Jamiyatda shunday insonlar borki, ular o‘z manfaatlari yo‘lida har qanday jinoyatlarni sodir etishga tayyor. Ayrim qo‘shtirnoq ichidagi “ishbilarmonlar” qalbaki kupyuralarni muomalaga kiritishga ham urinishmoqda.   

DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent viloyatining Bekobod shahridan Sirdaryo viloyati tomon harakatlanib kelayotgan “Neksiya” rusumli avtomashina Shirin shahriga kirishdagi YPX maskanida to‘xtatilib, tekshirildi. Natijada avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqarolar Qurbonali Xo‘jamuratov hamda Toxirjon Shirinovlarga tegishli bo‘lgan qalbaki 20 ming AQSh dollari mazkur avtomashina salonining tom qismiga yashirib qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, Shirinov hamda Xo‘jamuratovlar oldindan o‘zaro til biriktirib, Qirg‘izistonda yashovchi tanishlari orqali 8 ming AQSh dollariga sotib olgan qalbaki 200 dona 100 AQSh dollari kupyurasini Tojikistondagi tanishlariga 10 ming AQSh dollariga sotishni rejalashtirishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:08 04.11.2020. O'qildi: 1860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!