Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida ota xorijda bo‘lgan o‘g‘lining o‘rniga nevarasi uchun aliment to‘ladi. Bu haqida MIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya Federasiyasida ishlayotgan aliment to‘lovidan qarzdorligi bo‘lgan fuqaroning fuqarolik pasportini olish uchun O‘zbekistonga kelishiga to‘g‘ri kelgan, lekin MIB xodimlarining taqiqi uchun u qayta xorijga chiqa olmasligini bilib, aliment qarzini to‘lalash uchun MIB idorasiga otasini yuborgan.
Sud qaroriga asosan qarzdor A.A.dan bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment puli undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.
Biroq qarzdor ota chet davlatga ketib, aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari va tushuntirish ishlari natijasida qarzdorning otasi tomonidan nabirasiga voyaga yetguniga qadar hisoblangan 36 mln so‘m aliment pulini 3000 AQSh dollari ko‘rinishida to‘lab berdi.
Shu bois taraflarning kelishuvi va undiruvchining arizasiga binoan mazkur ijro hujjatining ijrosi tamomlandi.