Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Sirdaryoda «Damas», «Isuzu» va «Neksiya» ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

A A A
Sirdaryoda «Damas», «Isuzu» va «Neksiya» ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Bugun, 15 iyul kuni soat 13:00larda Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lining 34-kilometrida «Sirdaryo-Guliston» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelgan «Damas» rusumli avtomashina ortga qayrilib olayotgan vaqtda ortidan bir yo‘nalishda harakatlanib kelgan «Isuzu» rusumli yuk avtomashinasi urib yuborishi natijasida qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib ag‘darilgan.

«Isuzu» yuk avtomashinasi yo‘lning o‘ng tomoniga ag‘darilgan vaqtda shu yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan «Neksiya» rusumli avtomashina haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilib YTH sodir etgan.

YHXBB xabariga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sirdaryo IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:29 15.07.2021. O'qildi: 3251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!