Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Harbiy jinoyat: 250 nafar odam qirib tashlandi

Harbiy jinoyat: 250 nafar odam qirib tashlandi

AQSh va Eron o‘rtasida 45 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganidan ko‘p o‘tmay, Livan hududidagi vaziyat yana keskinlashdi.

Manbalarga ko‘ra, Isroil tomonidan amalga oshirilgan hujumlar natijasida kamida 250 nafarga yaqin inson halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida tinch aholi vakillari ham borligi aytilmoqda.

Ayrim kuzatuvchilar bu holatni avvalgi kelishuvlar buzilishi bilan qiyoslab, vaziyat yanada murakkab tus olayotganini ta’kidlamoqda.

Hozircha rasmiy tomonlardan mazkur holat bo‘yicha to‘liq va aniq bayonotlar berilgani yo‘q. Xalqaro hamjamiyat esa mojaroni zudlik bilan deeskalasiya qilishga chaqirmoqda.

Mutaxassislar fikricha, agar vaziyat nazoratga olinmasa, bu kengroq harbiy mojaroga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 22:35 09.04.2026. O'qildi: 457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!