Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Sirdaryoda «dabdabali» to‘y. Kelin-kuyov traktor «belkuragi»da FHDYoga bordi (foto)

A A A
Sirdaryoda «dabdabali» to‘y. Kelin-kuyov traktor «belkuragi»da FHDYoga bordi (foto)

Guliston shahrida yashovchi Valijon aka qaynisining “Bir to‘y qilingki, hali hech kimniki bunday dabdabali o‘tmagan bo‘lsin, dovrug‘i Sirdaryoning narigi qirg‘og‘iga ham yetsin” degan maslahatiga ko‘nib, quda tomonga “Qizimni eng so‘nggi rusumdagi traktorda olib ketasizlar” deb shart qo‘ydi. Shunday ham bo‘ldi. Qaynisi tomonidan o‘ylangan to‘y ssenariysiga ko‘ra, kelin–kuyov FHDYoga  boshqalar kabi  avtomobillarda emas, qurilish-obodonlashtirish ishlarida qo‘llaniladigan qimmatbaho texnikaning “belkuragi”da yo‘l olishdi...

Ammo, aslida bu voqea hayotda bo‘lgani yo‘q. Gap shundaki, Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatib borilayotgan “Sirdaryocha kulgi” ko‘rsatuvining navbatdagi “Yangicha to‘y” syujetida dabdabali to‘y qilib nom chiqaraman deb boshdan oyog‘igacha qarzga botganlar ana shunday satira  ostiga olindi.

Ko‘rsatuv rejissyori Jahongir Eshpo‘latovning ushbu ijodiy topilmasi jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. Eng muhimi, mazkur teletomosha yurtimizda to‘ylarni ixchamlashtirish, dabdababozlik va isrofgarchilikka chek qo‘yish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli targ‘ibot–tashviqot ishlariga qo‘shilgan o‘ziga xos hissa bo‘ldi. 

Manba: xs.uz

Kiritildi: 19:14 23.07.2018. O'qildi: 3465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!