Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Sirdaryo viloyatida Sun Moon universitetining filiali tashkil etilishi mumkin

A A A
Sirdaryo viloyatida Sun Moon universitetining filiali tashkil etilishi mumkin

Joriy yil 31 yanvarda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Koreya biznes assosiasiyasi raisi Edvard Kim va Chuxchxannamdo provinsiyasi investisiyalar bo‘yicha raisi Song Yeng-il boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Muloqot davomida joriy yil 25-26 yanvar kunlari Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi mutasaddilarining Koreya davlatiga tashrifi samaradorligi alohida qayd etildi.

“Eurasia Networks Group” raisi Edvard Kim Koreyada tahsil olayotgan xorijiy talabalar orasida o‘zbekistonlik talabalar o‘z iqtidori, go‘zal xulqi va madaniyati bilan ajralib turishini e’tirof etdi. Edvard Kim Sirdaryo viloyatida Koreyaning Son Mun universiteti filialini tashkil etish taklifini vazirlik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildirdi. S.Buzrukxonov o‘z o‘rnida bunday tashabbusni vazirlik o‘rnatilgan tartibda qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlar ekan, kampus faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Sirdaryo viloyati tanlanganini ma’qulladi, negaki aynan Sirdaryoda Son Mun universiteti taklif etayotgan IT texnologiyalari, sun’iy intellekt kabi dolzarb yo‘nalishlarda o‘qitish yo‘lga qo‘yilmagan.

Sun Moon universitetida ishlab chiqarish bilan integrasiya yaxshi yo‘lga qo‘yilganini inobatga olib, Sirdaryo viloyatida tahsil etiladigan kampusda ishlab chiqarish tarmoqlariga tayyor mutaxassislarni yo‘lga qo‘yish maqsadida ta’lim klasterini tashkil qilish masalasi muhokama etildi. Tomonlar ilgari surilgan takliflar bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmati.

Kiritildi: 16:17 01.02.2024. O'qildi: 952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!