"O‘zenergoinspeksiya" Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Sayxunobod tumanida "D. P. T." MCHJ elektr qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, elektr enegiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 609 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.