Bugun 24 iyun, 2024 yil, dushanba

КИР

Sirdaryo tumanida tadbirkorning mulkini o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi

Sirdaryo tumanida tadbirkorning mulkini o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro SH.K. “I.R.M.” MCHJning o‘ziga ishonib topshirilgan “BELARUS 80X” rusumli traktorini boshqa bir fuqaro X.N.ning nomidagi “BELARUS 80X” rusumli traktorining zavod ishlab chiqarish raqamlari yozilgan birkani ko‘chirib o‘tkazish orqali fuqaro M.A.ga 240 mln so‘mga sotib yuborib, o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:30 23.05.2024. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!