Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Sirdaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasi o‘tkazgan 954 mln so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi

A A A
Sirdaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasi o‘tkazgan 954 mln so‘mlik  davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi

✈️ Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sirdaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasida amalga oshirilgan xaridlarda O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

✈️ O‘rganishlar natijasida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan joriy yilning 14 iyun sanasida “Ekskavator-Pogruzchik” xarid qilish uchun o‘tkazilgan boshlang‘ich qiymati 954 mln so‘mlik xarid jarayonida ishtirokchilarni baholashda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining 46-moddasi talablari buzilishi holatlari aniqlandi.

✈️ Mazkur holatlarga huquqiy baho berish uchun tegishli ma’lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Kiritildi: 15:51 19.08.2024. O'qildi: 1249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!