Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Sindorov 53 ta partiyada yutqazmadi — endi navbat jahon chempionligiga

Sindorov 53 ta partiyada yutqazmadi — endi navbat jahon chempionligiga

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov klassik shaxmatda ketma-ket 53 ta partiyada mag‘lubiyatga uchramadi.

Ushbu seriya 2025 yil sentyabridan 2026 yil mayigacha, qariyb sakkiz oy davom etdi.

Sindorovning mag‘lubiyatsiz seriyasi quyidagi musobaqalarni qamrab oldi:

  • FIDE Grand Swiss 2025 — 8 ta partiya;

  • Chess Bundesliga — 2 ta partiya;

  • FIDE Jahon kubogi 2025 — 14 ta partiya (chempion);

  • Tata Steel Chess 2026 — 14 ta partiya (2-o‘rin);

  • FIDE Nomzodlar turniri 2026 — 14 ta partiya (6 g‘alaba, 8 durang);

  • Super Chess Classic Romania — 1 ta partiya.

Sindorov Nomzodlar turnirida muddatidan bir tur oldin g‘oliblikni ta’minladi.

Endi o‘zbekistonlik shaxmatchini yanada muhim sinov kutmoqda. U jahon chempionligi uchun amaldagi chempion Gukeshga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 14:02 09.11.2026. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik