Sigirlarning ko‘proq sut berishini ta’minlash maqsadida Moskvadagi bir guruh fermerlar o‘z sigirlariga televizor qo‘yib berishmoqda. Tinchlantiruvchi musiqa og‘ushida onaxonlarga Alp tog‘laridagi ko‘m-ko‘k o‘tloqlar namoyish qilinmoqda.
"Qishning uzoq davom etgani sigirlarni tushkunlikka tushirib qo‘ydi. Bundan ularning berayotgan suti ham kamaydi. Biz agar sigirlarimizga Alp tog‘lari o‘tloqlarini ko‘rsatsak, stress bilan kurashishi tezlashadi va ko‘proq sut berishni boshlaydi deb o‘ylagandik", - deya izoh berdi mazkur tajriba tashabbuskori Konstantin Lobzin.
Shu maqsadda og‘ilxonaga oltita katta plazma ekranli televizor olib kelib o‘rnatishdi.
Televizor ko‘ra boshlagan sigirlarning sut berishi 15 kun ichida 30 litrga ko‘paydi. Biroq bundan sut sog‘uvchilar qattiq aziyat chekishdi. Chunki har doim bir xil musiqa va namoyish ostida sigir sog‘ish kishini ruhan charchatadi.