Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan «X.» MCHJga qarashli AYOQShda sotilayotgan AI-92 markali avtobenzin O‘zenergoinspeksiya tomonidan tegishli tartibda laboratoriya tahlilidan o‘tkazildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, AI-92 markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
1️⃣ Ushbu shoxobchada realizasiya qilingan 5 962 litr avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida jarima qo‘llanildi.