Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo, agar AQSh prezidenti Donald Tramp Kanadaning barcha tovarlariga 25 foizlik boj joriy qilsa, AQSh “Rossiya, Xitoy va Venesuyeladan resurslar sotib olishga majbur bo‘lishini” aytdi.
U Trampning AQShning "oltin asri" haqidagi bayonotini ta’kidladi. Tryudoning fikricha, buning uchun ko‘proq po‘lat, alyuminiy va muhim minerallar kerak bo‘ladi.
"Kanadada yanada ishonchli va arzonroq energiya, shuningdek, barcha bu resurslar mavjud. Ular uchun muqobil variant Rossiya, Xitoy yoki VenesuEladan ko‘proq resurslar sotib olish bo‘lardi," - deya ta’kidladi bosh vazir.
Ottava bojlar joriy etilgan taqdirda xuddi shunday javob berish huquqini o‘zida saqlab qolishini aytdi u.
"Men "dollarga dollar" tamoyilini va teng miqdordagi bojlarni joriy etish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlayman. Agar AQSh ma’muriyati bu yo‘nalishda harakat qilishga qaror qilsa, biz bu variantni albatta ko‘rib chiqamiz," - dedi Tryudo.
Shu bilan birga, Kanada bosh vaziri ham AQSH, ham Kanada aholisi ikki mamlakatdan birining bojlar joriy etishidan zarar ko‘rishini tan oldi.
Tryudo "Kanada global beqarorlik sharoitida xavfsiz va ishonchli hamkor" ekanligini ta’kidlab, mamlakat hukumati AQSh bojlarining paydo bo‘lishining oldini olish uchun barcha mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rishga harakat qilishini qayd etdi.