AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy yetakchisi Si Szinpin o‘rtasidagi muzokaralarni olqishladi. Tramp ikkala hamkasbi bilan ham «yaxshi munosabatlar o‘rnatganini» ta’kidladi.
«Menimcha, bu yaxshi. Ikkala rahbar bilan ham ajoyib muloqotdaman», dedi Amerika prezidenti. U «hamma bilan» yaxshi chiqishishiga ishonch bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Szinpin Pekin shahrida uchrashuv o‘tkazib, ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlik va xalqaro kun tartibidagi masalalarni muhokama qildi.
Muzokaralar avvalida Putin Rossiya va Xitoy munosabatlari «misli ko‘rilmagan darajada yuqori bosqichga» chiqqanini ta’kidlab, ularni «haqiqiy har tomonlama sheriklik namunasi» deb atadi.
Putindan avval Donald Tramp 13-15 may kunlari mamlakatga tashrif buyurgan. Bu Amerika prezidentining 2017 yildan beri Xitoyga birinchi tashrifi edi.