Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mossadning Eron bo‘yicha rejasi barbod bo‘ldi

Mossadning Eron bo‘yicha rejasi barbod bo‘ldi

AQSh va Isroilning Eronda hokimiyatni almashtirishga qaratilgan maxfiy rejasi haqida yangi tafsilotlar oshkor bo‘lmoqda. Amerika ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil razvedka xizmati — Mossad Eronda hokimiyatga mamlakatning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajodni qaytarishga umid qilgan.

Manbalarning The New York Timesga ma’lum qilishicha, rejaga ko‘ra, 2005–2013 yillarda Eronni boshqargan Mahmud Ahmadinajod urushdan keyingi yangi hokimiyat rahbari sifatida ko‘rilgan. Aytilishicha, AQSh va Isroil uni Venesueladagi ssenariyga o‘xshash tarzda hokimiyatga olib kelishni rejalashtirgan.

Nashrning yozishicha, Tehronda uy qamog‘ida saqlanayotgan sobiq prezidentni ozod qilish uchun uning xavfsizlik xizmati yo‘q qilinishi kerak edi. Hatto mojaro boshida Isroil aviasiyasi uning uyi yaqiniga zarba bergan, ammo operasiya muvaffaqiyatsiz tugagan va Mahmud Ahmadinajod yengil jarohat olgan.

Shundan so‘ng u hokimiyatga qaytish g‘oyasidan voz kechgan va omma oldidan butunlay g‘oyib bo‘lgani aytilmoqda.

2005 yilda Mahmud Ahmadinajod “Sionizmsiz dunyo” konferensiyasida Isroil “xaritadan o‘chirilishi kerak” degan keskin bayonoti bilan xalqaro maydonda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil faqat Ahmadinajodga emas, balki boshqa ehtimoliy nomzodlarga ham stavka qilgan. Ular orasida Eron shohi sulolasi vorisi Rizo Pahlaviy ham bo‘lgan.

Reja bir necha bosqichdan iborat bo‘lgan. Avvaliga Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy yo‘q qilinishi, keyin mamlakatga qarshi kuchli bombardimon boshlanishi ko‘zda tutilgan. Shundan keyin Iroq hududidan kurd qurolli guruhlari Eronga kirib kelishi va Tehron tomon yurish qilishi rejalashtirilgan.

Ammo kutilgan ssenariy amalga oshmagan. Eron ichida ommaviy qo‘zg‘olon boshlanmagan, kurd guruhlari esa chegarani buzib o‘tishga jur’at qilmagan.

Ma’lum qilinishicha, Eron kontrrazvedkasi bu rejadan xabardor bo‘lib, ma’lumotni Turkiyaga yetkazgan. Shundan keyin Rajab Toyyib Erdog‘an Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilib, operasiyani to‘xtatishni talab qilgan.

Natijada AQSh kurd kuchlarini qo‘llab-quvvatlashni operasiya boshlanishidan bir necha soat oldin bekor qilgan.

Keyinchalik Donald Tramp ham kurdlar rejaning bir qismi bo‘lganini ochiq tan olgan. Uning aytishicha, eronlik namoyishchilar qurollantirilishi kerak edi, ammo bu reja amalga oshmagan.

Tahlilchilar fikricha, bu voqealar AQSh va Isroil Eron rejimi barqarorligini jiddiy darajada kam baholaganini ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: Bugun 21:56. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!