Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Szinpinning Pekindagi uchrashuvi doirasida 44 ta hujjat imzolandi. Mutaxassislar fikricha, bu Rossiya—Xitoy munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin.
Rossiya Federasiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti dosenti, siyosatshunos Pavel Danilinning ta’kidlashicha, muzokaralar davomida imzolangan strategik hujjatlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma”ning uzaytirilishi Moskva va Pekin o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochmoqda.
Ekspert, shuningdek, Vladimir Putin va Si Szinpin bugungi murakkab geosiyosiy vaziyatda barqarorlik va oldindan bashorat qilinadigan siyosatni ta’minlashga qodir ekanini ta’kidladi.