Shveysariya hukumati Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi (XQXQ) Markaziy agentligining Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha 2025 yildan 2026 yilgacha bo‘lgan davrdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 2,4 million Shveysariya franki (taxminan 3 million dollar) ajratishga va’da berdi.
Bu haqda hukumatning bayonotida aytilmoqda.
“Bugun Shveysariya XQXQ Markaziy agentligining Jenevadagi byurosini qo‘llab-quvvatlash uchun 2,4 million Shveysariya franki (2025-2026) ajratishga va’da berdi”, — deyiladi xabarda.
Departament Shveysariya Jeneva konvensiyalarining ishtirokchisi sifatida bedarak yo‘qolganlarni qidirishga katta ahamiyat berishini ta’kidladi.
XQXQ avvalroq Rossiya-Ukraina mojarosi munosabati bilan tashkilotga bedarak yo‘qolganlar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar soni avgust oyida 154 mingdan oshgani haqida xabar bergan edi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan buyon frontning har ikki tomonidagi 15 mingga yaqin oilaning taqdiri va qayerdaligi haqida ma’lumot berishga muvaffaq bo‘lgan.