Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Shveysariya Federal jinoiy sudi Gulnora Karimovaga qarshi pul yuvish ayblovi bo‘yicha sud jarayonini to‘xtatdi — Reuters

Shveysariya Federal jinoiy sudi Gulnora Karimovaga qarshi pul yuvish ayblovi bo‘yicha sud jarayonini to‘xtatdi — Reuters

Sudning ma’lum qilinishicha, Karimovaga nisbatan ish unga o‘z vaqtida mamlakatni tark etishiga ruxsat berilmagani sabab to‘xtatilgan.

"Bugun Shveysariya Federal jinoiy sudi tomonidan mijozimiz Gulnora Karimova foydasiga chiqarilgan ishni tugatish qarori Shveysariya qonunchiligiga muvofiq oqlovga tengdir. Sud ishni davom ettirish uchun jiddiy to‘siq mavjud deb topdi", — dedi uning advokati Greguar Manja Gulnora Karimova sud majlisida qatnasha olmaganini nazarda tutib.

Karimova ayni paytda O‘zbekistonda qamoq jazosini o‘tamoqda, uning jazo muddato 2028 yilning dekabrda tugashi kutilmoqda. Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan e’lon qilingan jinoyatlar bo‘yicha da’vo muddati ham o‘sha yilda tugaydi.

Gulnora Karimova va uning biznes hamkoriga nisbatan jinoyat ishi Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan 2012 yilda ochilgan. Ular korrupsiya, jinoiy tashkilot faoliyatida ishtirok etish va pul yuvishda ayblanmoqda. Ko‘p o‘tmay, 2013-yilda Karimova O‘zbekistonda ham tergovga tortilgan. Ayblovga ko‘ra, Karimova “Ofis” orqali O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi bo‘lgan telekommunikasiya kompaniyalaridan pora undirgan.

Kiritildi: Bugun 18:46. O'qildi: 410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!