Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Shveysariya bekor qilishi mumkin bo‘lgan Isroil bilan yirik dron bitimi tahdid ostida

Shveysariya bekor qilishi mumkin bo‘lgan Isroil bilan yirik dron bitimi tahdid ostida

Shveysariya hukumatining xabar berishicha, mamlakat isroillik Elbit Systems konsernidan Hermes–900 turdagi dronlar sotib olish bo‘yicha shartnomani bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Bu qaror etkazib berishdagi kechikishlar va Elbit kompaniyasining Shveysariya qo‘ygan texnik talablarga javob bera olmayotgani bilan bog‘liq.

Xususan, dronlar parvoz paytida qushlar va boshqa havo ob’ektlarini aniqlashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Shu tufayli har bir Hermes–900 dronining parvozi va qo‘nishini boshqa uchuvchi qurilma kuzatib borishiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa operasiya xarajatlarini oshirib, murakkablik keltirib chiqaradi.

❕ Shveysariya Federal Kengashining moliya qo‘mitasi avvalroq bu dron tizimini:

«texnika jihatidan amalga oshirilishi, lisenziyalanishi va xarajatlar nuqtai nazaridan jiddiy tavakkalchiliklar tug‘diradi»,
deb baholagan edi.

Kiritildi: 13:52 14.07.2025. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!