Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Shveysariya Alisher Usmanovning aktivlarini blokdan chiqardi

Shveysariya Alisher Usmanovning aktivlarini blokdan chiqardi

Shveysariyaning Iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati (SECO) boshqa yurisdiksiyalardagi mulkka xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida ilgari rossiyalik milliarder Alisher Usmonov bilan bog‘liq bo‘lgan trastlarning Credit Suisse bankidagi hisob raqamlarida 6,5 million yevrodan ortiq mablag‘ni blokdan chiqardi.

Bu haqda Tages-Anzeiger gazetasi SECOning 2022 yil 22 dekabrdagi qaroriga asoslanib xabar bermoqda.

Usmonovning advokati gazetaga tushuntirganidek, xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan mablag‘lar tadbirkor yoki uning singlisiga emas, balki milliarder "ko‘p yillar oldin" ta’sis etgan trastlarga tegishli ekan. SECO qarorida ta’kidlanishicha, bu trastlar Usmonov yoki uning singlisi tomonidan "bevosita yoki bilvosita" nazorat qilinadi.

Nashrning yozishicha, "Credit Suisse"dagi mablag‘larni blokdan chiqarish bo‘yicha SECOga arizalarni 2022 yilda Usmonov yoki uning singlisi bilan bog‘liq bir nechta firmalar manfaatlarini ifodalaydigan Jeneva trast kompaniyasi topshirgan. Masala Fransiyada ikkita vertolyotni saqlash va Angliyada ko‘chmas mulk uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish haqida borgan. Tages-Anzeiger gazetasi xabar berishicha, SECO mablag‘larni blokdan chiqarish to‘g‘risidagi qarorini sanksiyalar kiritilishidan oldin shartnomalar tuzilganligi va hisob-kitoblarni to‘lamaslik aktivlar qiymatining yo‘qolishiga olib kelishi mumkinligi bilan izohlagan.

12 million va 15 million Shveysariya franki (13 million va 16 million AQSh dollari) qiymatidagi vertolyotlar Fransiyaning janubidagi Le-Kastel aErodromida joylashgan bo‘lib, havo kemalari va angarni saqlash bo‘yicha shartnomalar yuzasidan bir nechta hisob-kitoblar taqdim etilgani haqida Jenevadagi ishonchli boshqaruvchilar ma’lum qildi. Bundan tashqari, mahalliy kompaniya allaqachon vertolyotlardan birini musodara qilish bo‘yicha sud jarayonini boshlagan. Hisob-kitoblarni to‘lash uchun SECO qariyb 2,5 million yevroni blokdan chiqardi. Shuningdek, vertolyotlarga xizmat ko‘rsatish uchun oyiga taxminan 54 ming yevro miqdorida to‘lovlar tasdiqlandi.

Buyuk Britaniyadagi qasrga xizmat ko‘rsatish uchun hisob-kitoblarni to‘lash maqsadida Shveysariya idorasi taxminan 4,2 million yevroni blokdan chiqardi. Jenevadagi ishonchli boshqaruvchilarning ta’kidlashicha, agar bir nechta qurilish kompaniyalari yaqin vaqt ichida to‘lovlarni olmasa, ular bankrotlik xavfi ostida qolmoqda. Shuningdek, SECO advokatlarning kelgusidagi gonorarlarini to‘lash uchun mablag‘larni ozod etishga qaror qildi, biroq bu mablag‘lar faqat "sanksiyalardan himoyalanish" yoki "sud jarayonlarida vakillik qilish" uchun ishlatilishi sharti bilan.

Kiritildi: 20:48 19.01.2025. O'qildi: 1198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!