Bu haqda SVT xabar bermoqda.
Polisiya marhumning shaxsini rasman tasdiqlamadi, biroq voqea yuzasidan bir necha kishi hibsga olingani haqida xabar berdi.
Asli iroqlik Salvan Momika 2018 yilda Shvesiyaga kelib, yashash uchun ruxsatnoma olgan. Momika 2023 yilda islomga qarshi harakatlari bilan tanilgan. U bir necha bor Qur’onni yoqish aksiyalarini uyushtirgan, jumladan, Shvesiya parlamenti, Iroq elchixonasi va Stokgolm bosh masjidi yaqinida shunday harakatlarni amalga oshirgan.
"30 yanvar kuni Stokgolm sudi Momikani etnik yoki milliy guruhga qarshi nafrat jinoyatlarida ayblagan ish bo‘yicha qaror chiqarishi kerak edi", deb xabar beradi SVT.