Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Shvesiya va NATO Boltiq dengizida yirik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Shvesiya va NATO Boltiq dengizida yirik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Shvesiya NATOning doimiy harbiy-dengiz kuchlari va alyansga a’zo boshqa davlatlar bilan birgalikda Boltiq dengizida suvosti kemalariga qarshi harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Bu haqda Shvesiya Qurolli kuchlari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, "Dynamic Merlin" nomli mashg‘ulotlar 9 noyabr kuni boshlanadi. Ularda NATOga a’zo sakkizta mamlakatning harbiy bo‘linmalari ishtirok etadi.

"Mamlakat Qurolli kuchlari ittifoqchi davlatlar bilan birgalikda Boltiq dengizining murakkab sharoitida suvosti kemalarini aniqlash, kuzatib borish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadi", — deyiladi rasmiy xabarda.

Harbiy mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi NATO mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda suvosti tahdidlariga qarshi birgalikda harakat qilish qobiliyatini oshirishdan iborat.

Shvesiya mashg‘ulotlarga beshta korvet, bitta suvosti kemasi, harbiy vertolyot va HMS Trossö kemasini jalb qiladi.

NATO tomonidan esa alyansning SNMG1 doimiy harbiy-dengiz guruhi ishtirok etadi.

Shvesiya harbiy rahbariyatining ta’kidlashicha, Boltiq dengizining sayoz suvlari va murakkab tub tuzilishi suvosti kemalarini aniqlash bo‘yicha maxsus tayyorgarlikni talab qiladi.

Kiritildi: 12:03 06.11.2026. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik