Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shvesiya va Daniya Ukraina uchun 40 ta zirhli texnika sotib oladi

Shvesiya va Daniya Ukraina uchun 40 ta zirhli texnika sotib oladi

Shvesiya va Daniya Qurolli Kuchlarining Materiallar boshqarmasi (FMV va FMI) BAE Systems Hägglunds bilan CV9035 Mk IIIC versiyasidagi 205 ta Stridsfordon 90 piyoda jangovar transport vositalarini birgalikda sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Bu haqda Shvesiya hukumat idorasi ma’lum qildi.

Shartnomaning umumiy qiymati 25 milliard kron (2,3 milliard dollar).

“Ushbu 205 ta mashinadan 115 tasi piyoda jangovar texnikasi Daniyaga yetkaziladi, 50 tasi esa Shvesiyaga Ukrainaga oldingi xayriyalar uchun kompensasiya sifatida sotib olinadi", deb tushuntiriladi xabarda.

Ilgari Shvesiya Ukrainaga CV90 rusumli 50 ta piyoda jangovar mashinasini topshirgan edi. Piyoda jangovar mashinasining ushbu modeli 10 ta davlat - Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Niderlandiya, Norvegiya, Shveysariya, Slovakiya, Shvesiya, Chexiya va Ukrainada xizmat qiladi, deyiladi press-relizda.

Kiritildi: 16:10 06.12.2024. O'qildi: 594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!