vesiya AQSh prezidenti Donald Trampning milliardlab dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib berish qarori ortidan Ukrainaga harbiy yordamni oshirishga tayyor ekanini bildirdi.
Bu haqda Shvesiya mudofaa vaziri Pal Yunsson The Guardian nashriga bergan bayonotida ma’lum qildi.
“Biz AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish va Ukrainaga Patriot tizimlari hamda boshqa harbiy qurollar yetkazib berish bo‘yicha tashabbusini olqishlaymiz. Shvesiya o‘z zimmasiga tushgan majburiyatlarni bajaradi”, — dedi Yunsson, bu borada aniq tafsilotlar keltirmasdan.
Shvesiyaning bu bayonoti Ukraina va AQSh o‘rtasida harbiy hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilayotgani hamda Yevropa mamlakatlari bu jarayonda faol ishtirok etmoqda, degan tasavvurni kuchaytirmoqda.