Shvesiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning muvaqqat ishlar vakilini Ukrainaning yaqinda o‘qqa tutilishi va NATO havo hududini buzish holatlari munosabati bilan chaqirdi.
Bu haqda Vazirlik matbuot xizmati e’lon qildi.
"Shvesiya Tashqi ishlar vazirligi dushanba kuni Rossiyaning muvaqqat ishlar vakilini Rossiyaning Ukrainani so‘nggi o‘qqa tutishi munosabati bilan chaqirdi, bu esa tinch aholining qurbon bo‘lishiga va fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetkazilishiga olib keldi", deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, 1 avgust kechasi Kiyevga qilingan zarbalarda Litva elchixonasi binosi shikastlangan va 24 avgust kuni Slavyanskdagi Latviya faxriy konsulligi vayron qilingan.
Shvesiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Ukrainaga qilingan zarbalarini, shuningdek, Rossiyaning yaqinda NATO ittifoqchilari havo hududini buzishini qoralab, Moskvani xalqaro gumanitar huquqqa rioya qilishga chaqirdi.