Shvesiya hukumati Stokgolmdagi Eron elchixonasining ayrim xodimlari uchun qisqa muddatli vizalar berish va uzaytirishni to‘xtatdi.
Bu haqda Shvesiya rasmiylari rasman e’lon qilishdi.
Ularning ta’kidlashicha, bu qaror Eronda Shvesiya fuqarosining qatl etilishiga javoban qabul qilingan. Ushbu qarordan so‘ng, Islom Respublikasi elchixonasi xodimlariga yangi qisqa muddatli vizalar berilmaydi va mavjud vizalar uzaytirilmaydi.
Avvalroq Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Yevropa Ittifoqi Eronda Shvesiya fuqarosining qatl etilishini qoralashini va buni "bema’ni zo‘ravonlikning shafqatsiz harakati" deb bilishini aytgan edi.