Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Sho‘rchi tumanida topib olingan oq boshli qumoy Hayvonot bog‘iga topshirildi

A A A
Sho‘rchi tumanida topib olingan oq boshli qumoy Hayvonot bog‘iga topshirildi

Sho‘rchi tumani “Tolli" mahallasida yashovchi fuqaro M. B adirlikdan yarador oq boshli qumoyni topib olib, uni parvarish qilib, ushbu mahalla raisi orqali Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlariga xabar qilgan.

Shundan so‘ng, oq boshli qumoy Termiz Hayvonot bog‘iga topshirilgan. Hozirgi kunda qushning tibbiy holati juda ham yaxshi.

Oq boshli qumoy zaif, qisqarib borayotgan, o‘troq, mozaik tarqalgan nominal kenja tur sifatida TMXI Qizil ro‘yxati va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Ovlash taqiqlangan. Tog‘ qo‘riqxonalari va milliy tabiat bog‘larida muhofaza ostiga olingan.

Kiritildi: 13:19 09.03.2024. O'qildi: 1079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!