Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Shunaqasiyam bo‘ladi: ona aliment to‘ladi!

Shunaqasiyam bo‘ladi: ona aliment to‘ladi!

Ko‘plarning tasavvuri shunday: voyaga yetmagan farzandlarining ta’minoti uchun to‘lamayotgan otalar oz emas, biroq bolalari uchun sud tartibida aliment to‘lashga majburlangan onalar ham borligi amaliyotda yo‘q darajada bo‘lsa kerak.

Yo‘q, bor ekan.

2019 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudi tomonidan qarzdor ona N.dan undiruvchi sobiq turmush O‘.M.ning foydasiga uch nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risida sud buyrug‘i chiqarildi. Uning ijrosi, tabiiyki, Majburiy ijro byurosining Yakkabog‘ tuman bo‘limiga yuklatildi.

Sud buyrug‘i ijrosi-ku, to‘la-to‘kis amalga oshirildi-ya... Ya’niki, qarzdor onadan (15.04.2017 yildan 2019 yilning shu davriga qadar) jami 16 mln. so‘m aliment undirib berildi. Biroq masalaning ma’naviy-axloqiy jihatlari odamni o‘ylantiradi-da.

Qismati shu ekan: N. o‘rtada uch nafar farzand borligiga qaramay turmushidan ajraldi. Xo‘p, buni taqdirga yo‘ydik. Biroq u barcha onalardek farzandlari o‘zida qolishi uchun jon-jahd bilan kurashmadi. Rossiyaga ke-etdi...

Eri yomondir-da? Birovning yaxshi-yomonligi xususida fol ochmaylik-da, javobni vaziyatning o‘zidan qidirsak: norasida bolalar yomon ota qaramog‘ida qoldiriladimi? Bunga qarindosh-urug‘larni-ku qo‘ying, davlat yo‘l qo‘yishi mumkinmi?

Byuroning tuman bo‘limiga otasi bilan kelgan uch nafar bola hattoki onasining yuziga qaramaganiga nima deysiz?!

Shuning o‘zi ko‘p narsalarga dalolat qilmayaptimi?

Tilingizning uchida yana bir savol turibdi-a: otaning erkak degan nomi bor, sobiq xotin beradigan alimentga qarab qolibdimi?

Otaning moddiy va jismoniy imkoniyatlari haqida bilmay turib bu savolga javob bermoq qiyin. Biz ham masalaning ayni jihatiga e’tibor qaratib, o‘zganing shaxsiy hayotiga chuqurroq kirish niyatidan yiroqmiz. Modomiki, masala sud tartibida hal etilibdimi, demak, qonun nainki ota, hatto onani ham aliment to‘lashga majbur etadi. Uning majburiyatini sud orqali bo‘yniga qo‘yish otaning huquqi. O‘z huquqidan foydalangan fuqaro xatti-harakatidan ensa qotish mumkindir balki, biroq ayblashga qonuniy asos ham yo‘q-da.

Kiritildi: 10:10 19.04.2019. O'qildi: 2275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!