Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Shri-Lankada yetti buddaviy rohib halok bo‘ldi

Shri-Lankada yetti buddaviy rohib halok bo‘ldi

Shri-Lankaning Pansiyagama hududida joylashgan Na Uyana monastiriga mansub yetti buddaviy rohib teleferik halokati oqibatida vafot etdi. Hodisa 24 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 atrofida sodir bo‘lgan.

Daily Mirror nashri yozishicha, halok bo‘lganlar orasida Rossiya, Ruminiya va Hindiston fuqarolari ham bor. Jasadlar Gokarella va Kurunegala shifoxonalariga yetkazilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, halokat paytida 13 rohib muqaddas joyda diniy marosimlarni bajarib, monastirga qaytib kelayotgan bo‘lgan. Ikki rohib vagondan sakrab tushib yengil jarohat olgan, yana to‘rt kishi og‘ir holatda kasalxonaga yetkazilgan.

Rasmiylar dastlabki ma’lumotlarga asoslanib, fojeaga teleferikni tortib turuvchi kabelning uzilishi sabab bo‘lganini bildirdi. Hodisa yuzasidan Pansiyagama polisiyasi tergovni davom ettirmoqda.

Kiritildi: 15:53 25.09.2025. O'qildi: 913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!