Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu hindistonlik hamkasbi Rajnat Singx bilan telefon orqali muloqot qildi.
“Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi. Armiya generali Sergey Shoygu hindistonlik hamkasbiga Ukraina tomonidan “iflos bomba” yordamida sodir etilishi mumkin bo‘lgan provokasiyalar haqidagi xavotirlarini bildirdi, deyiladi agentlik Telegramdagi xabarida.
23 oktyabr kuni Shoygu amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin bilan telefon orqali gaplashdi, ular Ukrainadagi vaziyatni ham muhokama qilishdi.