Eldor Shomurodov rasman "Istanbul Bashakshexir" klubi a’zosiga aylangach, uning yangi klubi safidagi debyuti o‘zbek futboliga befarq bo‘lmaganlarda qiziqish uyg‘otishi tabiiy.
Ma’lumot uchun, Turkiya chempionatida yangi mavsum 10 avgustdan start oladi.
Ungacha Shomurodov jamoasi bilan Yevropa Konferensiyalar ligasi saralashida ishtirok etadi. "Bashakshexir" saralashining birinchi bosqichida Bolgariyaning "Cherno More" klubi bilan kuch sinashadi. Mazkur bahs 24 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
* Demak hamyurtimiz 13 kundan keyin ushbu jamoadan debyut qilishi mumkin.