O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev sharafini himoya qilayotgan "Istanbul Bashakshexir" bugun Turkiya Superligasida navbatdagi bahsini o‘tkazadi.
Istanbul klubi 6-tur doirasida o‘z maydonida "Genchlerbirligi"ni qabul qiladi. Uchrashuv "Bashakshexir Fatih Terim" stadionida tashkil etiladi va Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.
"Bashakshexir" uchun mazkur o‘yin o‘tgan turdagi yirik mag‘lubiyatdan keyin o‘zini o‘nglab olish imkoniyati bo‘ladi. Jamoa avvalgi uchrashuvda "Amedspor" mehmoni bo‘lib, 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. O‘sha bahsda ham Shomurodov, ham Fayzullayev asosiy tarkibdan joy olgan.
Eldor Shomurodov joriy mavsumda Turkiya Superligasida 4 ta gol urishga ulgurgan. Abbosbek Fayzullayev esa sheriklariga 2 marta golli uzatma bergan.