Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Shomurodov "Roma"ning asosiy hujumchisiga aylanadimi? Dovbik jamoadan ketishi mumkin

Shomurodov "Roma"ning asosiy hujumchisiga aylanadimi? Dovbik jamoadan ketishi mumkin

Markaziy hujumchi Artyom Dovbik yozgi transferlar vaqtida Rimning "Roma" klubini tark etishi mumkin. Bu haqda Calcio in Pillole xabar beradi.

Manbaga ma’lum bo‘lishicha, ukrainalik futbolchi bilan xayrlashish tashabbuskori "bo‘rilar"ning yangi bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini hisoblanadi. Dovbik italiyalik mutaxassisning rejalariga to‘g‘ri kelmayapti. Rimliklar allaqachon Bundesliga va APL klublari bilan Dovbikni sotish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan.

Hujumchi Italiya chempionatining o‘tgan mavsumida 32 ta o‘yinda ishtirok etgan. 27 yoshli Dovbik 12 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning bozor qiymati 30 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 13:00 14.06.2025. O'qildi: 474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!