Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Shomurodov gol urgan o‘yinda «Bashakshehir» «Galatasaroy»ga yutqazdi

Shomurodov gol urgan o‘yinda «Bashakshehir» «Galatasaroy»ga yutqazdi

Turkiya Superligasi 9-turidan o‘rin olgan bahsda «Istanbul Bashakshehir» o‘z maydonida «Galatasaroy»ni qabul qildi va 2:1 hisobiga mag‘lubiyatga uchradi.

Dastlab Leroy Sane 45+3-daqiqada hisobni ochdi. 59-daqiqada esa Eldor Shomurodov muvozanatni tikladi. Biroq oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas Sane dublni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, «Galatasaroy» ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolari hisobini 25 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Bashakshehir» esa 6 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.

Turkiya Superligasi. 9-tur

«Bashakshehir» — «Galatasaroy» 1:2

Gollar: Shomurodov (59) — Sane (45+3, 61).

Bashakshehir — Shengezer, Shahiner (Ebosele, 46), Duarte, Opoku, Operӣ, Kalujinskiy, Turuch, Kemen, Krespo (O‘zgur, 80), Xarit (Da Koshta, 46), Shomurodov.

Galatasaroy — Chaqir, Shallaӣ, Ayhan, Bardakchi, Yelmali (Yakovs, 73), Torreyra, Gundo‘g‘an (Akgyun, 74), Sane (Kutlu, 86), Sara (Lemina, 74), Yilmaz, Ikardi (Osimhen, 74).

Kiritildi: 09:17 19.10.2025. O'qildi: 665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!